Харид саватчасида 0 маҳсулот(лар) - 0 сўм
  • ЙЎҚ
    «Afrika hayvonot olami»

«Afrika hayvonot olami»

  • 7,200 сўм



«Afrika hayvonot olami»

Aziz bolajonlar

Bu ko’hna dunyo, siz bilan biz yashab turgan ONA SAYYORAMIZ sir-sinoat-u ajoyibotlarga to’la. Ayniqsa, uning hayvonot olami, bu olamining go’zalligi, til-zaboni yo’q “do’stlarimiz” ning hayoti, yashash tarzi har birimizni qiziqtirib keladi, albatta.

Mazkur ko’p jildlik to’plamdan sayyoramizni makon tutgan, uning quruqlig-u tog’larida, o’rmonlarida, changalzor-u cho’llarida, ummonlari-yu ko’llarida, qo’ying-chi, barcha-barcha qit’alarida hayot kechirayotgan jamiki hayvonlar to’g’risida eng zarur ma’lumotlar va rangli suratlar o’rin olgan

Birinchi bosqichda Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstlariya, Antarktida qit’alariga xos hayvonlar haqidagi ma’lumotlar navbati bilan e’tiboringizga havola etiladi.

Ikkinchi bosqich huddi shu tartibda suvosti mavjudodlariga bag’ishlanadi.

Biz bilamizki, hayvonot olamiga mansub jonivorlarning nomlari har bir tilda alohida jaranglaydi. Ayrim hayvonlarning nomlarini nafaqat bolalar, balki ota-onalar ham ko’pda bilishmaydi. Shu bois biz birinchi martda Ona sayyoramizning jamiki hayvonlari haqida ma’lumot beruvchi ushbu ko’p jildlik to’plamni o’zbek va rus tillarida nashr qilishga qaror qildik. Bu birinchidan, siz aziz bolajonlarga hayvonlarning nomlarini to’g’ri o’zlashtirishingizga yordam bersa, ikkinchidan, til (o’zbek o’quvchilarining rus tili va rusiyzabon o’quvchilarning o’zbek tilini) o’rganishingizda juda qo’l keladi.

Betakror va qiziqarli hayvonot dunyosiga sayohatingiz maroqli bo’lsin, aziz bolajonlar!

 

Tuzuvchilar: Laziz Tangriyev, Shuhrat Mirfayozov

Taqrizchi: I. Saparboyev

Tarjimon: Muhiddin Omon

Nomi: «Afrika hayvonot olami»

Sana: 2011 yil

Hajmi: 96 bet

ISBN: 978-9943-03-394-8

O’lchami: 60x84 1/8

Muqovasi: Yumshoq

 

 

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
    Ёмон           Яхши
Facebook